James Forrest

Britaniyalik futbolchi

Jeyms Forrest (1991-yil 7-iyulda tugʻilgan) — Shotlandiyalik professional futbolchisi, Shotlandiya Premer-ligasining „Seltik“ klubi va Shotlandiya terma jamoasi vinger sifatida oʻynaydi. Forrest 2003-yilda „Seltik“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va 2009/10-yilgi mavsumda jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Yosh futbolchi sifatida u Shotlandiyadagi eng yorqin isteʼdodlardan biri sifatida eʼtirof etilgan. 2011-yil noyabr oyida Shotlandiya futbol assotsiatsiyasining direktori Mark Vott uni Shotlandiya futbolining „zulmatdagi yorugʻlik“ deb taʼrifladi. U ketma-ket toʻqqizta liga chempionligini qoʻlga kiritib, „Seltik“ uchun muvaffaqiyatli davrning asosiy oʻyinchisiga aylandi.

James Forrest
2017-yil Forres Seltik safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James Forrest[1]
Tavallud sanasi 1991-yil 7-iyul (1991-07-07) (34 yosh)
Tavallud joyi Prestwick, Shotlandiya
Boʻyi 5 fut 7 inches (1.70 m)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Seltik
Raqami 49
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2010 Seltik U20
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010- Seltik 275 (62)
Milliy terma jamoa
2008-2010 Shotlandiya U19 13 (2)
2010-2011 Shotlandiya U21 4 (0)
2011- Shotlandiya 38 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-may uchun)

Yoshligi

tahrir

Forrest Janubiy Ayrshirning Prestvik shahrida tugʻilgan va Prestvik akademiyasida tahsil olgan[2]. U yoshligida professional tennis bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega edi[3]. Unga Prestwick Tennis Club unga oʻynash uchun doimiy ravishda murojaat qilishdi. Klubdagi murabbiylar uni tabiatan iqtidorli, shunchaki „raketa futbolchi“ deb taʼriflashdi[4]. Uning ukasi Alan Forrest Heart of Midlothian jamoasida futbol oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

tahrir

Celtic

tahrir

2009-yilning 30-avgustida Forrest „Seltik“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U „Seltik“ning U19 jamoasining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri sifatida olqishladi. 2004-yildagi oʻyini uni 13 yoshgacha boʻlganlar tarkibida ajratib turardi[5]. U 2010-yilning 1-mayida „Seltik“ safida ilk debyutini oʻtkazdi va „ Motherwell“ ga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushdi[6].

Forrest 2010yil „Seltik“ safida

Terma jamoadagi faoliyat

tahrir

U 2008-yilning 20-oktyabrida 19 yoshgacha boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida Ozarbayjonga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan[7].

2010/11-yilgi mavsum boshida oʻzining ajoyib oʻyinlaridan soʻng Forrest Shotlandiya U21 jamoasiga chaqirildi[8]. 7- sentyabr kuni u Shotlandiya U21 terma jamoasi safida zaxiradan maydonga tushdi va gʻalaba toʻpini kiritdi[9].

2011-yil 17-may kuni Forrest Kreyg Leveynning Shotlandiya terma jamoasida Millatlar kubogida Uels va Irlandiya Respublikasi bilan oʻyinlari uchun terma jamoaga jalb etildi[10]. U xalqaro maydondagi debyutini 2011-yil 29-may kuni Irlandiya Respublikasiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi[11].

Oʻyin uslubi

tahrir

Garchi Forrest oʻng qanotda boʻlsa-da, u chap qanotda ham, hujumchi sifatida oʻynay oladi[12][13].

Yutuqlari

tahrir

Seltik

  • Shotlandiya Premer-ligasi : 2011-12, 2012-13, 2013-14, 2014-15, 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19, 2019-21 [ 21-20[14];
  • Shotlandiya kubogi : 2010-11, 2012-13, 2016-17, 2017-18, 2018-19[15];
  • Shotlandiya Liga kubogi : 2014-15, 2016-17, 2017-18[16] 2018-19, 2019-20[17].

Shaxsiy sovrinlari

  • SFWA yilning eng yaxshi futbolchisi : 2018-19[18];
  • PFA Shotlandiya oʻyinchilari boʻyicha yilning eng yaxshi oʻyinchisi : 2018-19[19];
  • SFWA yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2011-12
  • PFA Shotlandiya yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2011-12
  • PFA Shotlandiyaning yil jamoasi : 2011-12, 2017-18, 2018-19[19];
  • Shotlandiya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi : 2018-19[20];
  • Shotlandiya Premer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi : 2018 yil oktyabr
  • SFWA xalqaro yilning eng yaxshi futbolchisi : 2018-19[21].
  • „Seltik“ning eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2010-11, 2011-12.

Manbalar

tahrir
  1. A Record of Post-war Scottish League Players 1946/47 to 2017/18, 7. John Litster and Scottish Football Historian magazine, 2018. 
  2. Hepburn, Henry. „Scotland players' old schools send good luck messages“ (en). TES. Qaraldi: 2022-yil 9-fevral.
  3. „I gave up tennis for Celtic – now I'll win match point against Utrecht, says Hoops starlet James Forrest“. Daily Record. Media Scotland (2011-yil 23-avgust). Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  4. Berry. „Celtic whizzkid James Forrest could have signed for Rangers, admits scout who unearthed the Parkhead winger“. Daily Record. Media Scotland (2011-yil 24-avgust). Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  5. „McCart delighted at Youth Academy signings“. Celtic FC (2009-yil 2-sentyabr). 2010-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Celtic 4–0 Motherwell“. BBC Sport (2010-yil 1-may).
  7. „Scotland U19 1–1 Azerbaijan U19“. Scottish FA (2008-yil 22-oktyabr).
  8. „James Forrest in Scotland under 21 squad for Euro qualifying double header“. Daily Record (2010-yil 24-avgust).
  9. „Scotland U21 2–1 Austria U21“. BBC Sport (2010-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  10. „Scots call for Russell Martin and James Forrest“. BBC Sport (2011-yil 17-may). Qaraldi: 2011-yil 23-sentyabr.
  11. „Celtic's James Forrest aims for more Scotland caps“. BBC Sport (2011-yil 30-may). Qaraldi: 2011-yil 31-may.
  12. „gregg wylde ready to switch sides to cover for stevie naismith“. Daily Express. Northern and Shell Media Publications (2011-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  13. „Lennon irked by Redknapp comments on James Forrest“. BBC Sport (2011-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  14. „Dundee United 1–1 Celtic: Ange Postecoglou's side reclaim league title“. BBC Sport (2022-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  15. „Heart of Midlothian 1-2 Celtic“. BBC Sport (2019-yil 25-may). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  16. „Motherwell 0 - 2 Celtic“. BBC Sport (2017-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  17. „Rangers 0 – 1 Celtic“. BBC Sport (2019-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
  18. A special season for James, Scottish Football Writers' Association, 18 May 2019
  19. 1 2 „James Forrest, Steve Clarke & Ryan Kent win PFA Scotland annual awards“. BBC Sport (2019-yil 5-may). Qaraldi: 2019-yil 6-may.
  20. „Celtic winger James Forrest completes personal treble by winning Ladbrokes Premiership Player of the Year“. Evening Times (2019-yil 23-may). Qaraldi: 2019-yil 25-may.
  21. „Forrest top of the Scots“. Scottish Football Writers' Association (2019-yil 15-may). Qaraldi: 2019-yil 25-may.